Tojikiston depressiyasi

Tojikiston depressiyasi – Hisor-olay, Pomir va Hindukush tog’lari orasidagi tektonik botiq. Mezozoy, paleogen va neogen cho’kindilari bilan to’lgan. T. D. HisorOlay tog’tizmasi janubida, Uzbekistan, Tojikiston, Afg’oniston hududlarida joylashgan. G’arbda Ko’hitang, Sharqda Pomir, Jan. da Hindukush va bandi Turkiston tog’larigacha cho’zilgan. Orografik jihatdan 2 qismga bo’linadi. Shim. qismida Hisor vodiysi, Jan. qismida Tojikistonning past va o’rtacha balandlikdagi tizmalari o’rin olgan. Hisor vo-diysi Hisor tizmasining Jan.dan boshlanib, Jan.g’arbda Bobotog’tizmasigacha cho’zilgan. T.D.ning zamini tokembriy jinslari, paleozoy—quyi triasning terrigenkarbonat, vulkanik cho’kindi va intruziv jinslaridan tarkib topgan. Strukturasi mezokaynozoyda jiddiy o’zgarmagan. Neogen oxiri — antropogen boshlarida bukilma hamda ko’tarilmalar dislokasiyaga uchragan va murakkab burmali Tojikiston vigrasiyasi vujudga kelgan. Mezokaynozoy jinslaridan neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanes, toshtuz, qurilish materiallari konlari topilgan. Kuchli zilzilalar, tabiiy geografik jarayonlar (tog’qulashi, surilmalar, sel) sodir bo’lib turadi. Iqdimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq. Yanv.ning o’rtacha trasi -6° dan 3,6° gacha, iyulniki 23,2° dan 32,4° gacha, eng baland t-ra 49,5°. Yillik yog’in 119-154 mm, tog’larda 700 mm gacha. Yirik daryolari: Panj, Vaxsh, Kofarnihon, Qizilsuv, Surxondaryo, Qunduz, Bo’z. Tuprog’i allyuvialo’tloq va b. tuproklar. Subtropik cho’l, chala cho’l, tog’dasht, o’rmon, o’tloqdashtli erlarda efemer, shuvoqefemer, buta, archa, baland bo’yli o’tlar o’sadi. Hayvonlardan bo’ri, tulki, bug’u, qamishzor mushugi, g’ar xil ilonlar, qushlar yashaydi. Qazilma boyliklardan neft, gaz, tuzlar, ko’mir, qurilish materiallari, mineraltermal suv manbalari bor. Ingichka tolali paxta etishtirish, bog’dorchilik, tokchilik, subtropik o’simliklar uchun iqlim sharoiti qulay. Gidrotexnik inshootlardan GES, suv omborlari (Norak, Jan. Surxon) qurilgan, tunnel barpo etilgan, Palangdara (Tigrovaya balka), Ramit, Dashti jush kabi qo’riqxonalar tashkil etilgan.