Tvardovskiy Aleksandr Trifonovich
Tvardovskiy Aleksandr Trifonovich [1910.8(21).6, Smolensk viloyati Pochinkov tumani — 1971.18.12, Moskva viloyati] — rus shoiri va jamoat arbobi. Moskva tarix, falsafa va adabiyot intini tugatgan (1939). SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi kotibi (1950-54, 1959-71). “Novo’y Mir” jurnali bosh muharriri (1950-54; 1958— 70). Evropa yozuvchilari jamiyatining viseprezidenti (1963-68). “Muqaddima” (1933) dostoni va “kolxoz raisi kundaligi” (1932) qissasida qishloq qayotidagi o’zgarishlar aks etgan. “Muraviya mamlakati” dostoni (1936) g’oyaviybadiiy jihatdan T. ijodida muhim o’rin egallagan. 2jahon urushi yillarida T. front gazetalarida ishlagan. (1941-45). “Vasiliy Tyorkin” (1941-45), “yo’l chetidagi uy” (1946), “Yiroqyiroklarda” (1953-60), “shu yillar lirikasidan” (1967) va b. rus she’riyatida katta voqea hisoblangan. T. rus adabiyotining, rus yozuvchilari ijodining muhim muammolariga bag’ishlangan adabiytanqidiy asarlar ham yaratgan (“Vasiliy Tyorkin” kanday yozildi?”, 1951-56; “adabiyot haqida maqolalar va mulohazalar”, 1961; “blok haqida”, 1955; “Pushkin g’aqida so’z”, 1962; “Bunin to’g’risida”, 1965 va b.). Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan (“Front she’rlari”, 1941, “Vasiliy Tyorkin”, 1962 va b.). O’zbekiston hayotidan she’rlar, maqolalar yozgan.