Taqsimot

Taqsimot (matematikada) — ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalaridan biri. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning aniq masalalarida uchraydigan T., odatda, diskret, ya’ni alohida ehtimolliklar bilan aniklanadi (mas., binomial, geometrik, polinomial va Puasson taqsimotlari) yoki zichlik funktsiyalari bilan aniklanuvchi absolyut uzluksiz tipdagi (mas., normal, ko’rsatkichli,tekis)taqsimotlardir.Ba’zi taqsimotlar tasodifiy mikdorlarni funktsional almashtirish natijasida hosil bo’lgan tasodifiy miqdorlarning aniq yoki asimptotik (limit) taqsimoti sifatida ham hosil qilinishi mumkin. Bunday taqsimotlar (xmkvadrat taqsimot, Styudent taqsimoti, Fisherning Ftaqsimoti) odatda, matematik statistikada keng qo’llaniladi. Tabiat, jamiyat, iqtisodiyot va shu kabi sohalarda uchraydigan tasodifiy jarayonlarni ifodalashda hosil bo’luvchi T.lar, odatda, noma’lum bo’lib, ular o’rniga statistic analoglari — empirik T. qo’llaniladi. Bu T.lar tasodifiy mikdorlarning sonli xarakteristikalarini (matematik kutilma, dispersiya, korrelyasiya) taqribiy aniqlash (statistik baholash)da va statistik gipotezalarni tekshirishda keng qo’llaniladi.