Telegrafiya

Telegrafiya — telegraf aloqann tashkil qilish tamoyillarini o’rganish, telegraf signallarini uzatish usullarini ishlab chiqish va bu usullarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan apparatlarni yaratish bilan shug’ullanuvchi fan va texnika sohasi. Telegraf kanallari buyi’cha xabarlarni uzatish sifatini baholash bilan ham shug’ullanadi. Asosiy vazifalariga kura, T. ilmiy-texnik fan sifatida quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: telegraf kodlari (uzatishda harfraqamli xabarlarni elektr signallariga va qabul qilishda aksincha aylantirish); oxirgi telegraf qurilmalari (telegraf apparatlari, transmitterlar va referforatorlar, signallarni uzatish va qabul qilish usullari, elektron va raqamli apparatlarni ishlab chikish); telegraf kanallari (liniya aloka vositalaridan samarali foydalanish, zarur parametrli kanallar qurish); telegraf tarmoqlari (abonentlar va oxirgi punktlarni ulash usullarini tanlash, telegraf styalarini eng qulay joylashtirish, abonentlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash). T. boshqa aloqa turlaridan farqli ravishda harf, raqam va tinish belgilaridan iborat diskret (uzuquzuq) xabarlar bilan ish yuritadi. Uzatiladigan xabarlar ham diskret hisoblanadi. Umumiy aloqa nazariyasi va axborotlar nazariyasi T. ning nazariy asosini tashkil qiladi. T. da ehtimollar nazariyasi va mantiqiy algebradan ham foydalaniladi. Faksimil aloqa tamoyillarini o’rganish bilan shug’ullanadigan fototelegrafiya T. ning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.