Teletermal konlar
Teletermal konlar (tele… va Yun. therme — issiq, qaynoq) — foydali qazilmalarning gidrotermal tipdagi konlari bo’lib, er yuzasiga yaqinroqda harakatlanadigan, 50° dan 200° gacha bo’lgan qaynoq minerallashgan eritmadan mineral massalarning cho’kishi natijasida hosil bo’ladi. Odatda, qatlamsimon uyumlar, nisbatan kamroq oddiy mineral tarkibiga ega bo’lgan ruda (ba’zi surma, simob, barit, flyuorit ruda konlari) ning tomirli tanalarini hosil qiladi. T. k. Erning chuqur kismidagi magmatic jinslardan uzokda bo’lsa ham, lekin ular bilan qaynoq minerallashgan suvli eritma orqali bog’langan deb taxmin qilinadi. Bunday konlarni amerikalik geolog L. Greyton (1933) T.k. deb nomlagan. 1969 y.dan boshlab qo’rg’oshin, rux va mis rudalarining T.k. stratiform konlarnksh maxsus sinfida ko’rsatilgan.