Telefon stantsiyasi
Telefon stantsiyasi – aloqa kanallarini kommutasiya qilish (uzibulash) uchun mo’ljallangan texnika vositalari majmui; telefon tarmoqlarining bir qismi. Telefon kanallari (abonent va aloqa liniyalari)ni ma’lum vaktga ulaydi va uzadi; bu maqsadda aloqa yo’nalishi bo’yicha telefon axborotlari oqimini birlashtiradi va taqsimlaydi. T.e. qo’lda (RTS) va avtomatik (ATS) kommutasiyalaydigan xillarga bo’linadi. RTS telefon Kommutatorlik bilan jihozlanadi; kanallar operatortelefonchi orqali kommutasiyalanadi. ATS izlagichlar yoki koordinat ulagichlar, telefon relesi va b. yordamida avtomatik tarzda ishlaydi. Kommutasiya qurilmalari turiga qarab, ATS mashinali va dekada qadamli, koordinatali, kvazielektron, elektron xillarga bo’linadi. ATS tarkibiga: kommutasiya tizimi va boshqarish qurilmasi; telefon aloqasi liniyasini kommutasiya tizimiga ulaydigan kiritish qurilmalari; elektr bilan ta’minlash qurilmalari; yordamchi qurilmalar (shamollatish, isitish va b.) kiradi. Kommutasiya tizimi (KT) va boshqarish qurilmasi (BQ) avtomat zaliga o’rnatiladi. ATS ning kirish va chiqishlari KT orqali BQ yordamida ulanadi. Ko’pgina ATS tizimlarida kirish bilan chiqishlar bosqichmabosqich ulanadi. Har qaysi bosqichning o’z BQ bo’lib, u izlash bosqichi deyiladi. Mas., dekada qadamli ATS da dastlabki bosqich bir necha guruh bosqichlariga va liniya izlash bosqichlariga ega. Elektr bilan ta’minlash qurilmalari to’g’rilagichlar, akkumulyator batareyalari, avtokommutasiya batareyalari, elektr styalar va b. komplektlardan iborat. Hozir T.e. da asosan kvazielektron, elektron, uyali va raqamli usullar qo’llaniladi. O’zbekistonda Toshkent (Toshkent telegraftelefon styasi) va Nukus shaharlarida, barcha viloyatlar markazlarida va ayrim tumanlarda T. s.lari mavjud. Ularning faoliyatini “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi boshqarib turadi.