Tog’rayhon

Tog’rayhon (Origanum L.) — labguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. O’zbekistonda ko’proq maydagul Tog’rayhon (O. Tyt hanthum Gontsch.) uchraydi. Bo’yi 30-60 santimetr. Poyasi bir nechta, tik o’sadi. Tepa qismidan shoxlanadi. Barglari cho’ziq tuxumsimon, asosi keng ponasimon. Gullari boshoqsimon, chala soyabonlarga to’plangan va ular kallakchali to’pgul hosil qiladi. Gultojisi binafsharang. Iyun—sentabr oylarida gullab urug’laydi. Asosan, tog’ yon bag’irlarida o’sadi.