Tog’terak, ansol
Tog’terak, ansol (Populus tremula) — toldoshlar oilasiga mansub barg to’kuvchi terak turi. G’arbiy Evropa, Sharqiy Osiyo, Shim. Afrika (Jazoir) da tarqalgan. O’rta Osiyoda G’arbiy Tyanshan, G’arbiy Pomir-olay tog’larining toshli va shag’alli tuproqlarida, tog’vodiylarida o’sadi. Bal. 35 m, diametri 1 m ga boradi. Shoxshabbasi uzun, qalin, yashil, barglari tuxumsimon, kulrangyashil. Barg yozgunga qadar gullaydi, hamma teraklar kabi ikki uyli. Mevasi ko’sak, yozda etiladi. Ildizi mustahkam, sovuqqa qurg’oqchilikka chidamli, yorug’sevar. To’nkasidan yoki ildizidan o’sib chiqqan novdalari, bachkilari va urug’idan, qalamchasidan ko’payadi. T. tez usadi (40 yoshli daraxtining bal. 20 m gacha) boradi. 80-90-y.gacha yashaydi. Yog’ochi gugurt va tsellyuloza, turli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.