Tog’ jinslarining nam sig’imi

Tog’ jinslarining nam sig’imi — ma’lum mikdordagi suvni o’ziga sig’dirib, ushlab turish xususiyati. Mutlaq quruq jinslardan foiz hisobida ifodalanadi. T.j.n.s. og’irligi (suv massasining quruq jins massasiga nisbati) yoki hajmi (suv hajmini jins hajmiga nisbati) jihatidan foizda ifodalanadigan nam sig’imi koeffisienti bilan tavsiflanadi. Tog’jinslari: nam sig’imli (torf, balchiq, qumoq tuproq, gil), nam sig’imi kam (bo’r, mergel, gilli qum, sof tuproq jinslari), nam sig’imsiz (yaxlit otqindi va cho’kindi jinslar) bo’ladi.