Toqtosh Rafail Hodievich

Toqtosh Rafail Hodievich (1926.26.1, Qozon) — san’atshunos, rassom, O’zbekiston Baakad. (1997), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyatxodimi (1978). San’atshunoslik dri (1973), prof. (1996). Moskvadagi I. Surikov nomidagi badiiy intda (1946-50) va Peterburg Bada (1950— 54) ta’lim olgan. Tatar adibi Hodi Toqtoshpnng o’g’li. 1932 y.dan O’zbekistonda. 1960 y.dan Hamza nomidagi san’atshunoslik i. t. intida katta ilmiy xodim. 1996 y.dan san’at inti (1997 y.dan Milliy rassomlik va dizayn intima pedagog. T. ning ilmiy faoliyati O’zbekiston tasviriy san’ati masalalarini yoritishga bag’ishlangan. T. rassom sifatida yaratgan asarlari (jumladan, Hamzaning hayoti va ijodiga bag’ishlangan rasmlar va grafika turkumi) respublika muzeilarida sak,lanadi. “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (2000). As: Bahrom Hamdamiy, T., 1969; O’zbekistonning tasviriy san’ati, T., 1972; hozirgi zamon O’zbekiston grafikasi, T., 1972; O’rol Tansiqboev,T., 1978; Aleksandr Volkov, T., 1982; badiiy tanqid etyudlari, T., 1993.