Telpak
Telpak — erkaklarning issiq (mo’ynali) bosh kiyimi; yumalok, tepa va mo’ynali jiyakdan tuzilgan. Teri charm ulgi yordamida bichiladi. Tepa qismi kalta tukli mo’yna (asosan, Qorako’l) dan, jiyagi Qunduz mo’ynasidan tikiladi; astariga uzun tukli (qo’y yoki tulki) mo’yna ishlatiladi. Toshkent — Farg’ona mintaqasida tepa kismi 4 bo’lak qilib bichiladi, ular o’zaro ulab tikilganda, qobirg’alar xreil qiladi. Ba’zi T.larda tepa qismiga Baxmal, jiyagiga uzun tukli (tulki, suvsar) mo’yna ishlatiladi, ba’zilari mato (movut)dan tikilib, qaytarmasiga qo’y mo’ynasidan foydalaniladi; ba’zan fakat ichiga mo’yna qoplanib, mo’ynali jiyaksiz T. tayyorlanadi. Xorazmda cho’girma, ba’zi joylarda qad. bosh kiyimi sifatida bo’rk deb ham ataladi.