Temir qoziq, Oltin qoziq, qutb yulduzi

Temir qoziq, Oltin qoziq, qutb yulduzi — kichik ayiq yulduz turkumining eng Ravshan yulduzi. Er osmonida Shim. qutbga eng yaqin joylashgan yulduz bo’lib, qutbgacha taxm. G Mb masofada joylashgan. Osmondagi barcha yulduzlar Shim. qutb atrofida sharkdan g’arbga tomon ko’rinma harakatlanib (er o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqqa tomon aylanishi tufayli), qutb atrofida kontsentrik aylanalar chizadi. T. q. yulduzi qutbga juda yaqin bo’lganidan yulduzlar go’yo uni atrofida aylanganidek va bunda u qo’zg’almay turgandek tuyuladi. Shu bois unga T. q. (Oltin qoziq, qutb yulduzi) deb nom berilgan. T. q.ni katta ayiq (Etti qaroqchi) yulduz turkumi “cho’michi” orqali oson topish mumkin. Buning uchun “barkash”ning oxirgi 2 yulduzi orqali to’g’ri chiziq tortilib, “barkash”ning og’zi tomoniga bu 2 yulduz orasidagi ey o’lchamidan 5 ta qo’yilganda aynan T. q. yulduziga taqaladi. T. q. yulduzining rangi sarg’ish; trasi Quyosh trasvdan ancha yuqori (7000°); diametri Quyoshdan 120 marta katta. Uning nurlanish quvvati Quyoshnikidan 10000 marta ortiq. T. q. hajmi o’zgaruvchi (pulsasiyalanuvchi) yulduzlar turkumiga kiradi. Bunda uning trasi spektri va ravshanligi ham bir oz o’zgaradi. Yulduz kattaligi ravshanligining maksimumida 2,1 minimumida 0,3 ga chiqadi. Undan chiqqan nur ergacha 472 yidda etib keladi. 1779 y.da V. Gershel uning yo’ldoshyulduzini ochgan.