Teodolit
Teodolit — ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni o’lchashda ishlatiladigan ko’chma geodezik asbob. Burchaklarni o’lchash, triangulyasiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak o’lchash ishlarida gorizontal yo’nalishda G yoki 30″ aniqlikda o’lchaydigan T.lar qo’llaniladi. Triangulyasiya ishlarida (er sirti holatini aniklashda) anikdik darajasi yanada yuqori (0,5″ gacha) bo’lgan T. lardan foydalaniladi. Aniklik darajasi yuqori bo’lgan T.lar universal T. deb ataladi. T.lar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yo’nalishlar, magnit azimutlarini ham o’lchash mumkin. T.ning asosiy qismlari — ko’rish trubasi, gorizontal va verti – kal doiralar. Gorizontal doyra limb va alidadan iborat. Vertikal doyra 15° kiya burchaklarni o’lchash uchun mo’ljallangan. Yangi optik tlar metall limbli tlarga nisbatan ixcham, engil va ishlatish oson. T. lar tuzilishi, anikligi va b. xususiyatlariga ko’ra bir necha xil bo’ladi (xisob kurilmali, optik mikrometrli, mikroskopli, indeksli va b.).