TEREKKON OLTIN KONI
TEREKKON OLTIN KONI – Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati hududidagi kon, Chatqol tog’tizmasining Jan. qismida joylashgan. Geologik jihatdan proterozoy davriga mansub marmarlashgan ohaktoshlar va ularni qoplab turuvchi kvarsslyudali slaneslar bag’ridan o’rin olgan. Kon hududida bir necha ruda tanalari mavjud, ulardan ikkitasi eng yirik bo’lib, sanoat ahamiyatiga molik (o’rtacha 4,8 g/t), oltin zaxiralarining deyarli 90% ini o’zida jamlagan. Ruda tanalari oralig’i 20-30 m bo’lib, parallel joylashgan, ularning uz. 250 m gacha, chuqurligi 300 m gacha, o’rtacha qalinligi 3,5 m. Ularning yotish qiyaligi 10-30°. Suxar tog’ining asosini tashkil qiluvchi braxiantiklinalning Sharqiy qanotida rivojlangan siniqlar bilan bog’liq. Shakli linzasimon va tomirsimon. Oltin rudasining asosiy uyumlari kvarsslyudali slaneslar ostida rivojlangan kvarsli brekchiyalarda uchraydi. Bu ruda tanalarining (oltinning o’rtacha mikdori 9,3— 26,3 g/t gacha) shakli kichik uyachasimon bo’lib, oltin ruda tanasida notekis tarkalgan. Konning genezisi — gidrotermalmetasomatik; oltin asosan, arsenopirit, pirit hamda pirrotinlar bilan bog’liq; ulardan tashqari antimonit, sfalerit, kinovar minerallari, xira rudalar ham uchraydi. Kon 1950-y. lar oxiridan boshlab o’zlashtirilmoqda.