Teri sili
Teri sili — organ izmdagi umumiy sil infektsiyasining bir shakli, aksariyat ikkilamchi sil kurinishida vujudga keladi. Hoz. kunda kam uchraydi. T. s.ning sil volchankasi, skrofuloderma, so’galsimon teri sili, yarali teri sili, indurativ Bazen eritemasi kabi klinik xillari farq qilinadi. Sil volchankasi ko’p tarqalgan. Kasallikni sil tayoqchasi qo’zg’atadi. Tayoqcha teri shikastlanganda va ko’pincha oldin sil bilan kasallangan a’zo va limfa tugunlaridan o’tadi. 5-15 yoshdagi bolalar orasida keng tarqalgan. Sil yugurugining birlamchi morfologik elementi do’mboqcha yoki lyupomadir, u yarimsharsimon, chegarasi aniq, Nina uchiday yo undan sal kattaroq sarg’ishqizil rangli yumshoq bo’ladi, og’rimaydi. Yuzasi silliq, kulrangda tovlanib turadi, keyinchalik xuddi shu joylar pust tashlaydi. Vaqt o’tishi bilan do’mboqchalar kattalashadi va bir-biriga qo’shilib ketadi. Ular ba’zan quruq bitib chandikli atrofiya bilan yakunlanadi. Ikkinchi xilida esa yaralar vujudga keladi. T.e. o’choklari bemorning yuzi, burni, lablunji, quloq suprasi va b.da joylashadi. Bu sohalardagi do’mboqchalar bemorni xunuk, juda badbashara qilib qo’yadi. Davosi. T.e. xam silning bir ko’rinishi, shuningdek, u butun organism kasalligi ekanligini hisobga olib, unga birinchi navbatda umumiy davo qilish zarur. Maxsus doridarmonlar bilan bir qatorda organizmning umumiy quvvati va immun karshiligini oshiradigan vositalardan foydalaniladi.