Toshkent birinchi tibbiyot instituti

Toshkent birinchi tibbiyot instituti — umumiy amaliyot shifokori va stomatologiya yo’nalishi bo’yicha tayanch oliy o’quv yurti. 1920 y. Turkiston unti negizida tashkil topgan. 1931 y. O’rta Osiyo untining tibbiyot FTI O’rta Osiyo tibbiyot intiga aylantirildi. 1935 y.dan Toshkent davlat tibbiyot inti deb ataladi. 1990 y.da Toshkent tibbiyot inti 1 va 2tibbiyot intlariga bo’lindi. Dastlab unda davolash, sanitariyagigiena, pediatriya va stomatologiya ftlari bo’lgan. Hoz. int asosida Toshkent farmasevtika instituto’, Samarkand tibbiyot instituto’, Andijon tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot institute hamda respublikaning qator i.t. institutlari tashkil topdi. 1972 y. pediatriya FTI mustaqil Toshkent (dastlab O’rta Osiyo) tibbiyot pediatriya institutiga aylantirildi. 1992 y.da intning Urganch filiali tashkil etildi, unda davolash va pediatriya ftlari bor. Intda 4 o’quv FTI (davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, oliy ma’lumotli hamshira), 60 kafedra, aspirantura, Markaziy i.t. va Markaziy klinik lab., klinika (1200 o’rinli), ilmiytibbiy axborot bo’limi, muzey, akad. lisey, kutubxona (600 mingdan ortiq asar), bosmaxona bor. 3250 dan ziyod talaba, shuningdek, magistratura yo’nalishida 34 tor mutaxassislik bo’yicha 300 dan ziyod rezident ta’lim oladi (2004). Intda o’qiyotgan xorijiy talabalar (jumladan, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi) uchun barcha imkoniyatlar (xorijiy adabiyotlar kutubxonasi, xorij kutubxonasi bilan elektron pochta aloqasi) mavjud. Int Toshkent sh.dagi yirik kasalxonalar xamda tibbiyot i.t. intlarida qo’shimcha klinik bazalarga ega. Intda 450 dan ortiq o’qituvchi, shulardan 7 O’zbekiston FA va xalqaro akademiyalar akad. (N.M. Majidov, Q.J. Mirazizov, T. O. Daminov va b.), 100 dan ortiq fan dri va prof., 210 fan nomzodi va dosentlar faoliyat ko’rsatadi. Institut drlik va nomzodlik dissertasiyalari himoyasini qabul qilish huquqiga ega. Int ilmiy to’plam va uslubiy qo’llanmalar nashr etadi.