“TOSHKENT AVIASIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI” DAVLAT AKTSIYADORLIK JAMIYATI

“TOSHKENT AVIASIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI” DAVLAT AKTSIYADORLIK JAMIYATI, V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi — aviasiya sanoatining samolyotsozlik sohasidagi yirik korxonasi. 1972 y.da tashkil etilgan. Toshkent aviasiya zdi (bosh korxona), Andijon mexanika zdi, Farg’ona mexanika zdi va Toshkent kislorod zdini o’z ichiga oladi. Birlashmada samolyot yig’iladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq iste’mol mollari ishlab chiqariladi. 2jahon urushi yillarida (1941 y. 14 okt.) Moskva viloyati Ximki sh.dan ko’chirib keltirilgan zd asosida Toshkent aviasiya zdi barpo etildi. Dastlab PS84 samolyotlari ishlab chikarilgan, keyinchalik bu samolyot Li2 (Lisunov2) nomi bilan chiqarila boshlagan. 1953 y.dan IL14, 1958 y.dan turli tipdagi transport samolyotlari chiqariddi. 1966 y.dan AN22, 70-y.lar boshlaridan IL76 samolyotlari ishlab chiqarila boshladi. 90-y.larda ham uning asosiy maxsuloti IL76 MF transport samolyotlari bo’ldi. 1992 y.dan mahalliy havo yo’llarida qatnashga mo’ljallangan va 64 o’rinli Il114 samolyotlarini ishlab chiqarish. o’zlashtirildi. 3Dda AN70, “Mriya”, “Ruslan” samolyotlari qanotlari va b. qismlari tayyorlangan. 1996 y. may oyidan ochiq turdagi davlat aktsiyadorlik jamiyati. Korxonaning yig’uvchi slesari E. H. Alimuhamedovga O’zbekiston Qahramoni unvoni berilgan (1995).