Toshbuloq

Toshbuloq — Namangan viloyati Namangan tumaniyaagi shaharcha, tuman markazi. 1989 y. 18 okt.da tashkil qilingan. Namangan sh.dan 10 km g’arbda. Yaqin t.y. stantsiyasi — Namangan (10 km). Ahsshisi 13947 kishi (2003). T.da “ToshbuloqTola” aktsiyadorlik jamiyati, “RayhonTola” pillani qayta ishlash korxonasi, “Toshbuloq-tekstil” to’qimachilik korxonasi faoliyat ko’rsatadi. Avtokorxona, dehqon bozori, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, Markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, “Yoshlar markazi” ishlab turibdi. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa maktablari, 2 kasbhunar kolleji, maqom va xor jamoalari, “Olvalizor gullari” ashula va raqs xalq ansambli bor. Stadion, 2 tennis korti, 2 ta bolalar sport maktabi mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez tibbiy yordam ilmiy markazi bo’limi, Markaziy dorixona, 5 xususiy dorixona, 2 xususiy kasalxona aholiga xizmat ko’rsatadi.