Tofalar

Tofalar (o’zlarini tofa, TOXA deb atashadi, ilgarigi nomi — karagaslar) — RFning Irkutsk viloyati, Nijneudinsk rni (uda, Biryusa, Kan, Gutara, Iya va b. daryolari bo’yi)da yashovchi xalq. 0,7 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Turkiy tillarning uyg’ur guruhiga mansub tofa tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, lekin, shomonlik ham qisman saqlangan. T.ning shakllanishida Jan. Sibirning ket, turkiy, mo’ng’ul va b. qabilalari ishtirok etgan. Bu jarayonda asosiy rolni turkiylarning toba (dubo) qabilalari o’ynagan. T. Sharqiy tuvaliklarga — tojinliklarga qarindosh bo’lib, faqat 1757 y.dan keyin ulardan ajralgan. 19-a.ga kelib alohida xalq sifatida shakllangan. 20-a. boshlarigacha T. quyidagi urug’larga bo’lingan: kash, sariqkash, chog’du, qorachog’du, cheptey va b. Mashg’uloti — ovchilik va ko’chmanchi bug’uchilik bo’lgan. 20-a.da T. o’troq hayotga o’tgan. 1980-y.lardan boshlab T.da o’z tarixini o’rganish va madaniyatini qayta tiklashga intilish kuchaygan.