Tolstoy Aleksey Nikolaevich

Tolstoy Aleksey Nikolaevich [1882.29.12(1883.10.1), hoz. Saratov viloyati, RF — 1945.23.2, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. SSSR FA akad. (1939). Peterburg texnologiya intida o’qigan (1901-07). 1918-23 y.larda Parijda yashagan. Ilk to’plami — “Lirika” (1907). “G’alati odamlar” nasriy to’plami (1911) va “oqsoq boy” (1912) romanida zodagonlar hayoti aks etgan. “Aelita” (1922-23) va “injener Garinning mo”jizasi” (1925— 27) ilmiyfantastik romanlari bor. “Sarsonlik — sargardonlikda” trilogiyasi (“opasingillar”, 1922; “o’n sakkizinchi yil”, 1927-28; “bulutli tong”, 1924-41) rus ziyolilari haqida. “Ulug’Pyotr” tarixiy romani (1kitob, 192930; 2kitob, 193334; 3kitob tugallanmagan)da Pyotr I zamonining ijtimoiytarixiy vokealari aks etgan. T. shu mavzuda pesa (1934— 1938) va kinossenariylar ham yozgan. Italyan folklori motivlari asosida “Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari” kitobi (1936) bolalarga bag’ishlangan. 2jahon urushining boshlanishi bilan aksar rus, ukrain va Belorus yozuvchilari qatori, T. ham 1941 y. noyab.da Toshkentga kelgan. U shu erda “Ivan Grozniy” dilogiyasining 1-qismini tugatib, ushbu dilogiyaning 2qismi “mashaqqatli yillar” (1942)ni va “yovuz kuch” pesasini yozgan. “Buyuk Pyotr” romani va “sarsonlik — sargardonlikda” trilogiyasiga esa sayqal bergan. Shuningdek, sovet axborot agentligining muxbiri sifatida Markaziy va respublika gaz.lari uchun, jumladan, o’zbek xalqining urush yillaridagi hayotiga bag’ishlangan publisistik maqolalar yozgan. Shu yillarda O’zbekistondagi adabiy hayotda faol ishtirok etgan. Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, izzat Sulton, Yashin va b. bilan ijodiy aloqada bo’lgan. As: rus xalq ertaklari, T., 1951; Hikoyalar, T., 1954; sarsonlik — sargardonlikda [trilogiya], T., 1949-53; Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari, T., 1955; injener Garinning mo”jizasi [roman], T., 1961; Aelita [ilmiyfantastik roman], T., 1982, ulug’ Pyotr |roman], 12kitob, T., 1973-74. Ad.: Vekeler I. I ., Aleksey Nikolaevich Tolstoy. Jiznenniy i tvorcheskiy put, L., 1948; Petelin V. V., Sudba Xu-dojnika. Jizn, lichnost, tvorchestvo A. N. Tolstogo, M., 1982.