Toluka, Tolukadelerdo

Toluka, Tolukadelerdo — Meksikaning Markaziy qismidagi shahar, Toluka tog’oralig’i havzasida, 2680 m balandlikda joylashgan. Mexiko shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 665,6 ming kishi (2000). Transport yo’lari tuguni. Tayyor qismlardan avtomobil yig’ish, elektrotexnika, kimyo, to’qimachilik, ko’npoyabzal, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Unt, muzeylar bor. Kurort va turizm markazi. Shaharga indeyslarning qad. shahri o’rnida asos solingan, 1520 y.dan shahar maqomiga ega.