Tomchi analiz

Tomchi analiz — sifat va yarim miqdoriy kimyoviy analiz usuli. T.a.da tekshirilayotgan eritma yoki modda bir necha tomchi mikdorida olinadi. Muayyan sonlarni aniqlash uchun filtr qog’ozi, yupqa shisha, tomchi plastinkasi va mikrotigelda o’tkaziladigan rangli reaktsiyadan foydalaniladi. T.a.da sezgirligi va selektivligi yuqori moddalar qo’llanadi. Shu tufayli, aniklanayotgan ionlar tekshirilayotgan eritmadagi boshqa moddalar ishtirokida topiladi. Yarim miqdoriy aniklash usuli (tomchi kolorimetriya) filtr qog’ozida paydo bo’lgan dog’rangini standart rangga solishtirishga asoslangan. T.a. usuli organik va anorganik moddalarning sofligini nazorat qilishda; ruda va minerallarni analiz qilishda, biokimyoviy analizda va b.da qo’llanadi.