Toyloq

Toyloq — Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin t.y. stantsiyasi — Samarqand (10 km). Aholisi 8,3 ming kishi (2004). Tumanning asosiy korxonalari T.da joylashgan. T.dagi 22 ishlab chiqarish. korxonasidan 3 tasi yirik korxona (meva, konserva va vino zdlari). Bundan tashqari 2 ta qo’shmakorxona (shu jumladan, “Tonigrin” O’zbekiston — Rossiya qo’shma korxonasi) ham bor. T. da tuman hokimiyati binosi, 3 umumiy ta’lim maktabi, Markaziy kasalxona, Markaziy poliklinika, Markaziy dorixona va 6 ta shaxsiy dorixona faoliyat ko’rsatadi. Shuningdek, “Savdogarbank”, “Xalq banki”, “Paxtabank” bo’limlari mavjud. Markaziy kutubxona va uning tarmog’i, Mustaqillik maydoni, madaniyat va istirohat bog’i, bolalar sport majmuasi, bolalar va o’smirlar sport maktabi, “Olimpiya zaxiralari” kolleji bor. T.da O’zbekiston veterinariya ilmiy tadkiqot inti joylashgan.