Tilak Balgangadhar
Tilak Balgangadhar (1856.25.6, Ratnagiri, Maxarashtra — 1920.1.8, Bombey) — Hindiston milliy ozodlik harakati rahbari, mutafakkir. 1879 y. Puna sh.dagi dekan kollejini tugatgan, huquqshunoslik fanlari bakalavri. 1880 y. Punada do’stlari bilan mustaqil kollej tashkil qilib, unda o’quvchilarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim bergan. 19-a.ning 80-90 y. larida T. mamlakatdagi milliy ozodlik harakatining demokratik oqimiga rahnamolik qilgan. Hindiston Milliy Kongressi (HMK) so’l demokratik oqimi tashkilotchisi va rahbari. Uning ta’sirida mamlakatning yirik shaharlarida miting va namoyishlar, ish tashlashlar boshlangan. Inglizlar T.ni terrorchilikda ayblab, bir necha marta (1882, 1897, 1908) qamashgan. 1914 y. turmadan ozod etilgach, gomrul deb atalgan ommaviysiyosiy harakat (Britaniya imperiyasi tarkibida o’zo’zini boshqarish huquqiga ega bo’lish uchun kurash)ni tashkil etgan. T. qad. hind adabiyoti Vedalar hamda hind tamaddunining kelib chiqishiga bag’ishlangan ilmiy asarlar yozgan.