TILLAKO’ZLAR
TILLAKO’ZLAR (Chrysopidae) to’rtqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Ko’zi bo’rtib chiqqan, tillasimon yaltiraydi (nomi ham shundan), mo’ylovlari ingichka, uzun, qanoti yoyilganda 4 sm gacha. Tuxumini o’simlikning bargi va poyalariga qo’yadi. Er sharining yangi Zelandiyadan boshqa hamma qismida uchraydi. Xarakterli vakili — oddiy tillako’zning tanasi 1 sm gacha, yashil tusda. Lichinkalari yirtqich, har xil o’simliklar orasida yashab, shira biti, koktsidlar, tripslar va kanalarning yosh lichinkalari hamda hasharotlarning tuxumi bilan oziqlanadi. T.dan o’simliklar zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulida foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- TILLAKORI
- TILLAKORI MADRASA
- Tillaqosh
- Tillar oilasi
- Tillar oilasi
- Tillar tasnifi
- Tillarning chatishuvi
- Tillarning genealogik tasnifi


