Tindirgich

Tindirgich (suv xo’jaligida) — oqim tezligi pasayganda suyuklikdagi muallaq aralashmalar cho’kadigan rezervuar, hovuz, kameralar. Gidrotexnika va sug’orish sistemalarida T. kanallardagi loyqa, nasos va turbina parraklarini shikastlaydigan oqiziqlarni cho’ktirishga mo’ljallangan. Odatda, T. suv olgich (chiqargich) inshootlari tarkibiga kiradi yoki alohida qilib quriladi. Konstruktsiyasi bo’yicha T. bir yoki ko’p kamerali; unga cho’kkan oqiziqlarni chiqarib tashlash usuli bo’yicha esa uzluksiz yoki vaqtvaqti bilan yuvib turiladigan, mexanik usulda tozalanadigan (zemlesos snaryadi, kanalkazgich, gidromonitorlar yordamida) va aralash usulda ishlaydigan turlarga bo’linadi. Davriy yuvib turiladigan ko’p kamerali T. keng tarqalgan (kameralarni iste’molchiga suv berishni to’xtatmagan holda tozalash mumkin). T.da suvning oqim tezligi 0,2—0,4 m/s. T.dan suv tozalash styalarida oqindi suvlarni tozalashda ham foydalaniladi.