Grig (Grieg) Edvard Xagerup

Grig (Grieg) Edvard Xagerup (1843.15.6 – bergen – 1907.4.9) -norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, nor- veg milliy musiqa maktabi asoschisi. Leypsig konservatoriyasini tamomlagan (1862). G.ning ijodiy faoliyati Norve- giya milliy emadaniyati yuksalishi dav- rida shakllangan. U Kristianiya (hoz. Oslo sh.)da musiqa akademiyasini (1867) va musiqa jamiyati (hoz. Filarmoniya, 1871) ni tashkil etgan. Pianinochi va Di- rijyor sifatida Evropa mamlakatlarida kontsert berib, milliy kompozitorlar asarlarini targ’ib etgan. G. xalq Kuyla- rini to’plab, ko’plarini qayta ishlagan (“Norveg raqslari”, “25 ta xalq raqs va qo’shig’i” va b.). G. ijodida Norvegiya tabiati, xalq hayoti lavhalari nozik did b-n ifodalangan. Ko’pchilik asarla- ri kamer janrlarida: fortepiano pe- salari (“Xalq hayoti manzaralari”, 10 daftardan iborat “lirik pesalar” va b.), violonchel b-n fortepiano, skrip- ka b-n fortepiano (3 ta) va fortepiano uchun sonatalar, norveg, Daniya va nemis shoirlari she’rlariga yozilgan romans va qo’shiqlar (150 tadan ziyod), torli kvartet, kvintet va b. Eng yaxshi orkestr asarlari teatr b-n bog’langan (Ibsen- ning “Per Pont” pesasiga 2 ta syuita, 1875; Byornsonning “Sigurd salibchi” dramasiga musiqa, 1892). Fortepiano va orkestr uchun kontserti (1868), “Xolberg zamonidan” syuitasi (1885), “simfo- nik raqslar”i (1898) mashhur. Shvesiya va Leyden musika akademiyalari (1872, 1883), Parij va Berlin san’at akade- miyalari (1889, 1897) a’zosi, Kembrij va Oksford un-tlarining musiqa D-ri (1893, 1906). O’zbekistonda fortepi- ano va orkestr uchun kontserti, “Per Gyung” syuitasi va kamer asarlari ijro etilmoqda.