“Granit” qatlami

“Granit” qatlami (granit- gneys li qatlam, granit-metamorfik qatlam) — er po’sti qatlamining shartli nomi, undan uzunasiga yo’nalgan Seys- mik to’lqinlarning tarqalish tezligi 5,5—6,5 km/s ga teng bo’ladi. Cho’kindi va “bazalt” qatlami oralig’ida joyla- shadi. Granit, gneys va b. metamorfik va otqindi jinslardan tashkil topgan. Materiklarda “G.”q. cho’kindi jinslar b-n qoplangan, qalqonlarda esa ochi- lib qolgan. Tipik okean tubida “g.”q. bo’lmaydi. Q. Er po’sti.