Gong

Gong (malayziycha gong) — urma musiqa cholg’usi. Jan.-Sharqiy Osiyo xalqlarida keng tarqalgan. Birinj yoki jezdan qayrilgan disk shaklida yasaladi. Maxsus tayoq b-n urganda cho’ziq, ohangdor tovush hosil qilinadi (nomi shundan). Qadimdan jarchi (xabar beruvchi) cholg’u sifatida ishlatilgan. Xalq teatri to- moshalarida, raqslar ijrosida jo’r bo’ladi. Evropada simfonik musiqada (1791 y.dan) va operada (1831 y.dan) foy- daniladi. G.ning bir turi tamtam deb ataladi.