Ginzburg Aleksandr Osipovich

Ginzburg Aleksandr Osipovich (1916, Mariupol — 1973.23.6, Toshkent) — teatr rejissyori. O’zbekistan xalq ar- tisti (1959). Toshkent yosh tomoshabinlar teatri (1946-51), Hamza teatri (1951- 58, 1960-65, 1971-73), Toshkent rus drama teatri (1958-60) bosh rej. Toshkent dav- lat san’at in-tida o’qituvchi (1951-65). Sahnalashtirgan spektakllari: “Den- gizdagilar sharafiga”, “aybsiz aybdor- lar”, “Yulduzlar jamoli” (T. Xo’jaev b-n hamkorlikda), “Turkiya haqida qikoya” (A. Turdiev b-n hamkorlikda), “og’riq tish- lar”, “qaroqchilar”. “So’nggi pushay- mon”, “Gang daryosining qizi”, “Jazoir — mening Vatanim”, “Yuliy Tsezar”, “Mirzo Ulug’bek”, “Tobutdan tovush”, “Noma’lum kishi”, “qonli sarob”, “Qashshoq qalb egasi” va b.