Gastroenterologiya
Gastroenterologiya (ga- Stro…, entero… va …logiya) — ichki ka- salliklarni o’rganadigan fanning bir bo’limi; hazm a’zolarining tuzilishi va funktsiyalarini, shu a’zolarda uchraydi- gan noinfektsion kasallik sabablari va rivojlanish mexanizmlarini o’rganadi hamda ularni aniklash, davolash va ol- dini olish usullarini ishlab chiqadi. So’nggi yillarda radioizotop, radio- telemetrik, ultratovush diagnostika (U 11), laparoskopiya, fibrogastrosko- Piya, fibroduodenoskopiya, me’da-ichak yo’lining turli qismlaridan olinadi- gan aspirasion biopsiya, jigar va me’- da osti bezini punktsiya qilib biopsiya olish hamda kompyuter tomografiya usullari joriy qilindi, me’da-ichak yo’li kasalliklarining tajriba Mode- li ishlab chiqildi; me’daning giper va anasid holati hamda ichakning tajriba patologiyasida mikrob (mas, Helicobacter pylori) b-n me’da-ichakning ayrim hujayralari o’rtasidagi bog’lanish o’rganildi. To’qimalarning hayot vaqtida tuzilishini o’rganish, ulardagi bio- logik faol moddalar va fermentlar miqdorini aniklash klinik amaliyotga joriy qilinganligi tufayli hazm a’- zolarining kasalliklarini o’rganish va ularning oldini olish imkoniyatiga ega bo’lindi. O’zbekistondagi barcha tibbi- yot ilmiy tadqiqot in-tlari, shuningdek Tosh-kent davlat tibbiyot in-tlari, re- spublika gastroenterologiya va dietolo- giya ilmiy markazlari g. muammolari US- tida i. t. ishlari olib bormokda.