Gartli, Xartli (Hartley) Deyvid
Gartli, Xartli (Hartley) Deyvid (1705.30.8, armli – 1757.28.8, Bat) -in- gliz mutafakkiri, assosiativ psixo- logiya asoschilaridan biri. Odamxul- kini boshqarishda psixik jarayonlar- ning aniq qonuniyatlarini yaratishga intilar ekan, g. bunda Nyuton fizi- kasi tamoyillarini qo’llab ko’rishga harakat qildi. G. fikriga ko’ra, tashqi muhitdagi (efirdagi) tebranish sez- gi organlarida, miya va muskullarda o’ziga xos tebranishni yuzaga keltiradi. J. Lokk ta’limoti izidan borgan g. bi- rinchilardan bo’lib assosiasiya mexaniz- mini psixik faoliyatni tushuntirish- ning universal qoidasiga aylantirdi. G. fikricha, odamning ruhiy olami “bir- lamchi elementlar” (his qilinishlar) ning asta-sekin murakkablashib bori- shi natijasida ularning bog’lanishi (assosiasiyasi) orqali paydo bo’ladi. Rivojlanishga undovchi kuchlar — rohat va azobdir. G. ta’limoti mexanistik bo’lishiga qaramay, psixikani tushu- nishda olg’a tomon qo’yilgan katta qadam bo’ldi. Bu ta’limot etika, estetika, ped., biol. kabi fanlar taraqqiyotiga sezilar- li ta’sir ko’rsatdi.