Geydelberg Universiteti

Geydelberg Universiteti,Karl Ruprext nomi- dagi Geydelberg un-ti — Germaniyadagi qad. un-tlardan biri. 1386 y. da tashkil etilgan va 4 an’anaviy o’rta asr f-ti (er- kin san’at, ilohiyot, tibbiyot, huquq) dan iborat bo’lgan. Geydelberg sh. da joy- lashgan. O’quv va ilmiy muassasa sifati- da tiklanishi Geydelbergning Badenga qo’shilishi (1803) dan keyin boshlangan. 19-a. da u Germaniyadagi etakchi o’quv yurt- laridan biriga aylandi. Unda fayla- suflar g. Gegel va K. Fisher, kimyogar R. Bunzen, fizik g. Kirxgof, tabiatshunos G. Gelmgols, tarixchi F. Shlosser va b. ishladi. Falsafa, teologiya, yuridik, tabiiy fanlar, tibbiyot va b. sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 27 mingdan ortiqtalabata’limoladi. Ku- tubxonasi (1386 y. tashkil etilgan) da 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi.