Geveliy (Hekelius) Yan

Geveliy (Hekelius) Yan (1611.28.1-Gdansk -1687.28.1) — polyak astronomi. 1641 y.da Gdanskda Evropada eng yirik rasadxona kurgan. “Selenogra- fiya yoki oy relefining bayoni” (1647) asarini yozib, selenografiyaga asos sol- gan. Oyning batafsil xaritasini (1647), 1564 yulduzning katalogi (ro’yxati)ni (1687) tuzgan. G. Kuyosh holati jadvalini takomillashtirgan; oyning optik li- brasiyasini topgan (q. Oy librasiyasi) va 4 kometani kashf qilgan. 1690 y.da “Yulduzlar osmonining atlasi” (“ura- nografiya”) chop ettirilgan. Mazkur at- Las akad. V. P. Shcheglov tomonidan bir necha marta qayta nashr qilingan. Atlas- da keltirilgan ikki gravyurada o’sha dav- rning mashhur astronomlari orasidan Ulug’bekka ham faxrli o’rin berilgan.