Geyzerlar

Geyzerlar (Islandcha geysir — shiddatli oqim) — vaqt-vaqti b-n qaynoq suv va bug’favvora bo’lib otiladigan buloqlar. G. asosan, so’nish arafasidagi yoki yaqinda so’ngan vulkanlar yon atrofida vujudga keladi. Yoriqlardan suv katta bo- sim va yuqori t-Rada shiddat b-n (qaynoq suv 20-40 m, bug’150 m balandlikkacha) otilib chiqadi. G. suvi nisbatan toza, bir oz minerallashgan (1-2 g/l). Kimyo- viy tarkibi xlorid-natriyli yoki xlo- Rid-gidrokarbonat-natriyli. Silikat angidridi (SiO2) ko’p bo’ladi. Vulkan ka- nalining og’zida va yon bag’rida geyzerit hosil bo’ladi. G. muntazam va nomuntazam turlarga bo’linadi. G. ning otilish tsik- li va alohida bosqichlari muntazam XI- lida doimiy, nomuntazamida o’zgaruvchan. G. bosqichlarining harakati bir necha minut yoki undan ko’proq davom etishi mumkin. Tinchigan vakti esa bir necha minutdan bir qancha soat yoki kun bo’ladi. Islandiya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Yangi Zelandiya va Rossiya (Kamchatka) da g. ko’p. G. dan xonalarni isitishda, energe- tikada foydalaniladi.