GEYLANDIT
GEYLANDIT (ingliz mineral to’plovchisi g. Geyland nomidan) — Tse- olitlar guruhiga mansub mineral. Ki- myoviy formulasi Ca[Al2Si7Olg]-6H2O. Monoklin singoniyali. Ignasimon, tan- gasimon, varaqsimon va elpig’ichsimon agregatlar holida uchraydi. Rangi oq, kulrang, qo’ng’ir-qizil. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 3,5—4,0. S. of. 2,1—2,2. G. gidrotermal ertomirla- rining ustki qismida hosil bo’ladi. G. Qurama tog’larida (Qalmoqqir, Sariche- ku, Qo’rg’oshinkon, Nakpay), Chatqol (sha- brez) va Nurota tog’larining shim. yon bag’irlarida topilgan. Germaniya (Gars), Hindiston (Bombay yaqinida), AQSh (Nyu-Jersi), Kanada, Gruziya, RF (Kras- noyarsk o’lkasi) da ma’lum.