Geyne (Heine) Genrix

Geyne (Heine) Genrix (1797.13.12, Dyusseldorf — 1856.17.2, Parij) — nemis shoiri, publisist, tanqidchi va mutafakkir. Bonn, Gyottingen, Berlin un-tlarida o’qigan (1819-25). Birinchi she’riy to’plami “qo’shiqlar kitobi” (1827) romantizm ruhida yozilgan bo’lib, unda nemislar hayotidagi meshchanlik, xudbinlik qoralanadi. Keyingi “Yo’l manzaralari” (1826-31) nasriy asari- da ham shu yo’nalishni davom ettirib, inson erki, shaxsini xo’rlovchi tarti- blarga qarshi chiqadi, bu tartiblarni himoya qiluvchi kuchlarni, davlat idora- larini tanqid qiladi. Shundan so’ng g. Germaniyaning hukmron doiralari b-n kelisha olmay, 1831 y.da Parijga ke- tishga majbur bo’ladi va u erda umri- ning oxirigacha siyosiy mahbus sifatida yashab qoladi. “Frantsuz ishlari” (1832), “Lyutesiya” (1854) kitoblari frantsuz siyosiy hayotining yilnomasidan iborat. 1843— 44 y.larda yozilgan “zamonaviy she’rlar”, shuningdek “atta Troll” (1842), “Germaniya. Qish ertagi” (1844) poemalari o’z davrining ilg’or asarla- ridandir. “Atta Troll” majoziy do- ston bo’lib, “hayvonlar eposi” tarzida yozilgan, o’tkir hajviy yo’nalishga ega. Bunda Pireneya tog’larida yashovchi xalq siymosida nemis Meshchanlari va sox- ta inqilobchilar fosh qilingan. “Ger- maniya” dostonida esa og’ir mehnat b-n yashayotgan nemis ishchilarining obrazi tasvirlangan. Shoirning ijodiy FA- oliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan “Romansero” (1851), “E’tirof” (1854) she’riy kitoblari ham mavjud. G.ning asarlari 20-y.larda Cho’lpon, 30-y.lar- da Mirtemir va 1997 y.da Abdulla sher tarjimasida o’zbek tilida nashr etilgan. As: lirik she’rlar, T., 1940.