Geosferalar

Geosferalar (Geo… va sfe- ra) — erni tashkil etgan kontsentrik qobiklar. Erning ustidan markazi- ga tomon atmosfera, gidrosfera, er po’sti, mantiya, yadro g.lari ajratila- Di. Ichki va tashqi g. farq qilinadi. Tashqi G. atmosfera va gidrosfera, ichki G. Er po’sti, mantiya va yadrodan iborat. G.ning ichki tuzilishi to’g’risidagi ta- savvurlar geofizika ma’lumotlari- ga asoslangan. Er po’sti mantiyaning ustida joylashgan va undan Moxorovi- chich yuzasi b-n ajralgan. Er po’stining qalinligi okeanlar tubida 3-12 km, kontinental zonada o’rtacha 35 km, eng qalin joyi tog’liklar ostida 50-84 km. Moxorovichich yuzasining tagida 2900 km chuqurlikda er mantiyasi o’rnashgan. U ik- kiga — yuqori va quyi mantiyaga ajraladi. Yuqori mantiyaning kalinligi 850-900 km, quyi mantiyaniki — 2000 km ga yaqin. Mantiyaning er po’sti ostida joylashgan qismi substrat deb yuritiladi. Er po’sti substrat b-n birgalikda litosferani tashkil etadi. Yuqori mantiyaning pastki qismi bo’lgan astenosferaning massasi yuqori darajada plastik bo’lganligidan seysmik to’lqinlar oraliq qatlamlarga qaraganda sekinroq tarqaladi. Astenos- fera quyi mantiyadan Golisin qatlami b-n ajralgan. Bu katlamda seysmik to’lqinlar tez harakatlanadi. Er yadro- si tashki va ichki yadroga bo’linadi. Bular oralig’ida qalinligi 300 km ga teng o’tish zonasi joylashgan. Er yadro- sining radiusi 3500 km ga yaqin. Ichki yadroda seysmik to’lqinlarning tezligi o’zgarmaydi. Ko’pchilik tadqiqotlarga ko’ra yadro va mantiyaning quyi qismi yupqa kontsentrik qatlamlardan tuzilgan, agregat holati bir xil, zich, qayishqoq.