GEMOGLOBINN

GEMOGLOBINN (gemo… va lot. globus — er, kurra) — odam, umurtkali va ba’zi umurtqasiz hayvonlar qonida bo’ladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas a’zolaridan to’qimalarga kislorod va to’qimalardan nafas a’zolariga karbo- nat angidrid olib o’tadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. G. kislorod b-n qo’shilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorod- ning parsial bosimi birmuncha yuqori bo’ladigan o’pka kapillyarlarida g. kislo- rodga boyiydi, to’qima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va to’qimalarga beradi. Turli organizmda g.ning tuzi- lishi turlicha. Sog’lom odamning 100 g qonida 13-16% g. bor. Ayollar qonidagi G. miqdori erkaklardagidan kam bo’ladi. G. miqdori maxsus asbob — gemometr b-n aniklanadi. G. miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon kasalliklarining aksariyati (anemiya) g. tarkibining buzilishi b-n bog’liq.