Gidremiya
Gidremiya (gidro… va Yun. Haima — qon) — qonning suyulishi, unda suv miqdorining ko’payishi. Biror sababga ko’ra organizmda suv-tuz almashinuvi- ning o’zgarishi yoki buzilishi natijasida yuzaga keladi. Organizmga suyuqlik ko’p kirganda qon suyulishi b-n birga u mumiy hajmi ham oshadi. Kompensator (ko’p qon yo’qotganda), patologik (yurak etishmov- chiligi, operasiyadan keyingi holat va b.) hamda fiziologik (chaqaloqlarda ko’proq kuzatiladi) turlari tafovut qilinadi. Glomerulo-nefrit, nefroz, anuriya kabi kasalliklarda, shish qaytganda, assit ka- mayganda, shuningdek anemiya b-n xloroz- da bir qadar turg’un g. kuzatiladi.