? BAYRAMLAR:
?? BMT – Butunjahon qochoqlar kuni.
? Butunjahon Wi-Fi kuni.
? Xalqaro tennis kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? O‘zbekiston — Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun.
?? AQSh ‐ G’arbiy Virjiniya kuni.
?? AQSh ‐ Milliy Amerika burguti kuni.
?? Avstraliya – Daraxt ekish kuni.
?? Ozarbayjon – Gaz sektori kuni.
?? Eritreya – Shahidlar kuni.
?? Argentina – Milliy bayroq kuni.
? VOQEALAR:
- 404 – 360-yil 15 oktyabrda cherkov sifatida bino qilingan Ayasofiya 404-yil 20-iyunda sodir bo’lgan isyonda yoqib yuborildi.
- 451 – Kataloniyadagi jang.
- 1685 – Angliyada Monmut qo’zg’oloni.
- 1792 – Buyuk fransuz inqilobi: Parijda xalq qo‘zg‘oloni.
- 1793 – Amerikalik Eli Uitni paxta tozalash mashinasiga patent oldi.
- 1837 – Viktoriya I Buyuk Britaniya taxtiga o‘tirdi.
- 1840 – Samuel Morze telegraf uchun patent oldi.
- 1895 – Boltiq va Shimoliy dengizlarini bog‘lovchi Kil kanali ochildi.
- 1933 – SSSR Bosh prokuraturasi tashkil etildi.
– 1933 – Klara Setkin Moskvada surgun yillarida vafot etdi. - 1945 – Reyxstag ustiga o‘rnatulgan g‘alaba bayrog‘i Berlindan Moskvaga olib kelindi.
- 1949 – Rim papasi Chexoslovakiyaning kommunistik rahbarlarini anafemaga berdi.
- 1950 – “Pravda” gazetasi Stalinning “Marksizm va tilshunoslik” maqolasini nashr etdi.
- 1954 – Bolgariya va Ruminiya o’rtasida Dunay daryosidagi “Do’stlik” ko’prigi ochildi.
- 1963 – SSSR va AQSh o’rtasida “qaynoq telefon” liniyasi yaratildi.
- 1967 – Muhammad Ali Vyetnamda urushayotgan AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun 5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
- 1990 – Germaniya poytaxti Bonndan Berlinga ko’chdi.
- 1990 — Oʻz SSR Oliy Soveti Oʻzbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi.
- 1990 – Latviyada 1922-yilgi konstitutsiya qayta tiklandi.
- 1993 – La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi Yevrotunnel bo’ylab birinchi poezd qatnovi sinab ko‘rildi.
- 2003 – Vikimideya fondi tuzildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1583 – Sigizmund Vaza (1632) – Polsha qiroli, Buyuk litva knyazi (1587-1632) va shved qiroli (1592-1599).
- 1819 – Jak Offenbax (1880) – fransuz bastakori, mumtoz operetta asoschisi.
- 1861 – Ser Frederik Goulend Xopkins (1947) – ingliz medigi va bioximigi, Nobel mukofoti sohibi (1929).
- 1905 – Imomxo’jayev Ortiqxo’ja (1996) – xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1949).
- 1915 – Terens Yang (1994) – ingliz kinoressyori va ssenariynavisi.
- 1919 – Karimov Muhammadjon (1998) – xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1992).
- 1927 – Simin Behbahoniy (2014) – taniqli eronlik shoira va yozuvchi.
- 1932 – Sayfi Jaliliy (2003) – taniqli kompozitor, sozanda va dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1932 – Robert Rojdestvenskiy (1994) – rus sovet shoiri va tarjimon.
- 1967 – Nikol Kidman – avstraliyalik aktrisa, “Oskar”, BAFTA, “Oltin globus” kabi mukofotlar sohibasi.
- 1978 – Frenk Lempard – ingliz futbolchisi, murabbiy va bolalar yozuvchisi.
- 1983 – Ignatiy Nesterov – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining sobiq darvozaboni.
- 1987 – Gulhida Joʻrayeva – taniqli oʻzbek jurnalisti va teleboshlovchisi. „Oltin qalam“ mukofoti sohibasi (2014).
- 1998 – Muslima Odilova – oʻzbek paralimpiyachi suzuvchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.