YORUG’LIKNING QAYTISHI
YORUG’LIKNING QAYTISHI – sindirish koeffisienti turlicha bo’lgan ikki muhit chegarasi sirtiga tushuvchi yorug’likning o’zi kelayotgan muhitga qisman yoki to’la qaytishi. Ikki muhit chegarasining xossalari qanday bo’lishiga qarab, Yorug’likning qaytishining tabiati ham turlicha bo’lishi mumkin. Agar chegara notekisliklari o’lchami yorug’lik to’lqini uzunligidan kichik bo’lsa, bunday sirt ko’zgusimon sirt deb ataladi. Shunday sirt (masalan, silliq shisha sirti, yaxshilab jilolangan metall sirti, simob tomchisining sirti va boshqalar) ga ingichka parallel nurlar dastasi tarzida tushadigan yorug’lik nurlari sirtdan qaytgandan keyin ham parallel nurlar dastasi ko’rinishida qoladi. Yorug’likning bunday qaytishi tekis qaytish deb, yorug’likni tekis qaytaruvchi sirt ko’zgu deb ataladi. Bu holda tushayotgan AS nur bilan millimetr, sirtning nur tushayotgan S nuqtasiga o’tkazilgan CN normal orasidagi burchakka yorug’likning tushish burchagi deyiladi. Qaytgan S5 nurbn CN normal orasidagi a’ burchak yorug’likning qaytish burchagi bo’ladi. Singan CD nur bilan CW, normal orasidagi r burchak sinish burchagi deyiladi. Yorug’likning qaytishi quyidagi qonunga bo’ysunadi: 1) tushuvchi AS nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasidan chiqarilgan CN normal qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur SV ham shu tekislikda yotadi; 2) qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo’ladi, ya’ni a=a’. Qaytgan yorug’likning intensivligi tushayotgan yorug’lik nurining qutblanishiga, tushish burchagiga hamda birinchi va ikkinchi muhitlarning sindirish ko’rsatkichlari l, va P2 ning o’zaro munosabatiga bog’liq. Agar sirtdagi notekisliklarning o’lchami yorug’lik to’lqini uzunligiga o’lchovdosh yoki undan katta bo’lsa, ingichka shu’la chegarada sochiladi. Yorug’lik nurlari qaytgandan keyin turli yo’nalishlarda tarqalsa, bunday qaytish tarqoq qaytish (yoki diffuz qaytish) deb ataladi. Yorug’likning fazo bo’yicha taqsimoti Lambert qonuni bo’yicha aniqlanadi. O’zi yorug’lik tarqatmaydigan buyumlarni ulardan yorug’likning xuddi shu tarqoq qaytishi tufayligina ko’ramiz. Hatto juda silliq sirtdan ham yorug’lik juda oz darajada sochiladi. Aks holda biz bunday jismlarning sirtini ko’ra olmagan bo’lar edik. Ba’zi tabiiy hodisalar, masalan, sahrodagi sarob Yorug’likning qaytishi hodisasiga asoslanadi.