YORUG’SEVAR O’SIMLIKLAR
YORUG’SEVAR O’SIMLIKLAR, geliofil o’simliklar — quyosh nuri tushadigan joylarda o’sadigan, soyaga chidamsiz o’simliklar. Yorug’sevar o’simliklarning barglari nisbatan qalin, barg hujayralari mayda, ustunsimon va g’ovak to’qimalarga yaxshi ajralgan, og’izchalari ko’p, barg to’rlari yaxshi rivojlangan. Barg hujayralarida xloroplastlari soyada o’sadigan o’simliklarga nisbatan ancha ko’p, fotosintez intensivligi juda yuqori bo’ladi. Yorug’sevar o’simliklarga zubturum, akasiya, g’o’za, erta bahorda ko’karib chiqadigan va dasht o’simliklari kiradi.
O‘xshash so‘zlar
- Yorug’sevar o’simliklar
- YORUQQA QARAY OLMASLIK
- YOSH
- YOSH AFG’ONLAR
- YOSH BUXOROLIKLAR
- YOSH PSIXOLOGIYASI
- YOSH SAYYOHLAR VA O’LKASHUNOSLAR MARKAZI
- YOSH TABIATSHUNOSLAR







