Nimaga sigeret chekish insonni tinchlantiradi?

— Siz ham sigaret chekuvchi insonlardan “Sigaret cheksam tinchlanaman” degan gapni eshitganmisiz? Asl haqiqat umuman boshqacha! Sigaret tarkibidagi nikotinda tinchlantirish funksiyasi mavjud emas.

— Asab tizimini nikotin bilan rag’batlantirish miyaning energiya potentsialining kamayishiga olib keladi. Tamaki o’ziga xos stimulyatorga aylanadi: murakkab aqliy ishlarni bajarayotganda, odam diqqatini yo’qotmaslik uchun birin-ketin sigaret chekishni boshlaydi. Qarabsizki, odam tabiiy stressdan emas, “sigaretsizlik” yaratgan yangi stressdan qutilish uchun sigaretga o’rganib qoladi.