Nimaga “fast food” inson uchun zararli hisoblanadi?
— Istalgan “fast food” tarmoqlarining maqsadlari bir xil — mazali, arzon, tez tayyor boʻladigan va chiroyli taomlar tayyorlash. Ammo bu roʻyxatda “mijozlar sogʻlomligini taʼminlash” boʻlimi yoʻq! Xoʻsh, fast foodlar nimasi bilan zararli? ?
— Meʼyoridan ortiqcha (oʻrtacha 3-4 baravar koʻp) tuz, meʼyoridan ortiqcha shakar (yoki saxaroza), ortiqcha arzon kaloriya, ortiqcha miqdordagi arzon yogʻlar, mahsulotlarning yaroqlilik muddatini oshiruvchi konservantlar — bularning bari inson sogʻligi uchun katta xavf soladigan sabablar hisoblanadi. Agarda siz “fast food”lar isteʼmol qilsangiz, yuqoridagi “zaharlar”ni oʻzingizning tanangizga kirishini taʼminlayapsiz. Maslahatimiz — arzon emas, biroz qimmat boʻlsa ham sogʻlom taomlarni isteʼmol qiling ?