Nimaga amerikaliklar komediyachilarni “stand-up”chilar deb atashadi?

— 1940-yillarda amerikalik komediyachilar sahnadan chiqish qilgan deyarli barcha tungi klublar – mafiya nazorati ostida edi. O’sha davrdagi mafiozlarning “oʻzlarini tilida” “stand-up” — ishonchli odamlarni anglatgan (masalan, mafiyalar doimo ishonishi mumkin bo’lgan jangchilarni).

— Demak vaqt oʻtib, mafiyalar – komediya orqali tungi klublarida odamlarni toʻplab, ularga daromad keltirayotgan komiklarni ham “stand-up”chilar deb atay boshlashdi. Bu vaqt oʻtib, sekin-sekin alohida janr sifatida shakllandi.