Avliyo
Avliyo (valiy so’zining ko’pligi) – aziz, bilimdon, o’qimishli, hurmatli odam. Avliyo mozori aholi orasida tavof etilib, muqaddas ziyoratgoh sifatida qadrlanib kelingan. “Avliyo” so’zi shahar, joy nomlari tarkibiga singib ketgan. Markaziy Osiyoda tarixiy, afsonaviy avliyolar ziyoratgohlari juda ko’p. Avliyo-ota (hozirgi Jambul shahri) ana shunday avliyo maqbarasiga nisbatan joy nomiga aylangan. Xivada Uch avliyo nomli me’moriy maqbara mavjud.
O‘xshash so‘zlar
- AVLIYO
- Avliyo
- Avliyo
- AVLIYOOTA
- AVLIYO CHALABIY
- AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI
- Avliyo deganda nima tushuniladi?
- Avliyoota qoramol zoti











