Vazn (og’irlik)

Vazn (og’irlik) – 1) jismning tortishish sohasida paydo bo’ladigan yiqilishning oldini oluvchi tayanchga (yoki osma yoki boshqa turdagi biriktirma) ta’sir qiladigan kuch; 2) og’irlik, miqdor, o’lchov. Masalan: atom og’irligi, sof og’irlik, ortiqcha og’irlik, eng yuqori vazn, to’kilgan yuk og’irligi, sof vazn, me’yoriy vazn, hajmiy og’irlik, nisbiy og’irlik, doimiy vazn, chegaraviy og’irlik, xususiy vazn, solishtirma og’irlik va hokazolar.