Gil

Gil – 1) loy, mayin loy; 2) cho’kindi jinslarning gidroalyumoilikatga ega bo’lgan turi bo’lib, u plastik hamir hosil qiluvchi noyob xususiyatga ega. U tashqaridan qo’yilgan kuch ta’sirida berilgan shaklni hosil qilgan holda yaxlitlikni yo’qotmasdan, deformatsiyalanadi, bunday holatni quritilgandan keyin ham saqlanib qoladi, pishirilgandan so’ng toshsimon jismga aylanadi.