BADRUDDIN SAMOVUNIY

BADRUDDIN SAMOVUNIY (? -1420) — tasavvuf olimi, qoziaskar. Saljuqiylar naslidan. Bir necha yil Misr sultoni Barquqqa dars bergan. Amir Temur Turkiya sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi lashkar tortib Tabrizga kelganida Badruddin Samovuniy uning huzurida ulamolar hal qilolmagan masalani hal qilib berib katta e’tibor qozongan. Anqara jangidan so’ng, Badruddin Samovuniy Turkiyadagi Edirne shahri hokimi tomonidan qoziaskar etib tayinlangan. Ammo, tez orada xalqni isyonga chorlagani uchun qatl qilingan. U fiqx va tasavvufga oid “Jomi alfusulayn” (“Haq va botil to’plami”), “Masarrat al-qulub” (“Qalblar sururi”), “Latoif al-ishorat” (“Ishora nafosati”) kabi bir qancha asarlar yozgan.